12:58 / 12.10.2015
3495

O‘zbekiston delegatsiyasi "Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo" konferensiyasida ishtirok etadi

12-13 oktabr kunlari Milan shahrida Atrof muhit va suv resurslari bo‘yicha yuqori darajadagi “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” beshinchi konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur konferensiyada ishtirok etadigan O‘zbekiston delegatsiyasiga Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Baxtiyor Abdusamatov boshchilik qiladi.

Konferentsiyada atrof muhitni himoya qilish va suv resurslarini boshqarish sohasida Yevroittifoqning loyihalarini Markaziy Osiyo mamlakatlarida amalga oshirish natijalari muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, ushbu sohalarda istiqboldagi umumiy sa'y-harakatlarning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olinadi.

Top