20:55 / 12.10.2015
4136

O‘zbekistonlik 8 nafar dzyudochi Osiyo chempionatida sovrindor bo‘ldi

Tailand poytaxti Bangkok shahrida dzyudo kurashi bo‘yicha kadetlar va o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda.

Qit'aning 22 davlati vakillari ishtirokida o‘tkazilayotgan musobaqada kadetlar o‘rtasigi bellashuvlar nihoyasiga yetdi.

Mazkur musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etgan O‘zbekiston vakillari 3ta oltin, 1ta kumush va 4ta bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.

O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga oltin medallarni Sherzod Sodiqov (-73 kg), Sherxon To‘raboyev (-81 kg) va Sanobar Sultonova (-52 kg) keltirishgan bo‘lsa, G‘olibjon Sulaymonov (-66 kg) kumush, Olovuddin Jo‘raqobilov (-90 kg), Gulnur Muratbayeva (-44 kg), Nodira Yo‘ldosheva (-70 kg) va Dilnoza Kamolova (+70 kg) bronza medali bilan taqdirlanishdi.

11 oktabr kuni o‘smirlar o‘rtasida qit'a chempionati start oldi. Birinchi kungi bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari Artem Shturbabin (-60 kg) va Mahliyo Mannopova (-57 kg) kumush medal sovrindori bo‘ldi.

Musobaqalar davom etmoqda.

Top