15:54 / 12.10.2015
3932

Qirg‘izistonda qamoqdan qochgan 9 nafar terrorchidan 5 nafari qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda Bishkekka yaqin hududda joylashgan qamoqxonadan dushanbaga o‘tar kechasi diniy ekstremizm va terrorizmda ayblangan 9 nafar jinoyatchi qochib ketgani xabar qilingandi.

Ular qochish vaqtida 3 nafar huquq tartibot organi xodimini o‘ldirgan.

Qirg‘izistondagi OAVlarda yozilishicha, jinoyatchilarning 5 nafari qo‘lga tushirilgan. Yana 4 nafar jinoyatchiga nisbatan qidiruv e'lon qilingan.

Ma'lumot uchun, 50-sonli qamoqxona Bishkekdan bir necha kilometr uzoqlikda Chuy viloyati Janubiy Nooruz qishlog‘ida joylashgan.

Qidiruvga berilgan 4 nafar jinoyatchidan 2 nafari umrbod qamoq jazosiga hukm etilgan va yana 2 nafari ustidan tergov jarayoni borayotgan bo‘lgan.

2 nafar terrorchi “Jayshul-Mahdi” terrorchi guruhining faol a'zolari - Edil Abdurahmonov (1986) va Azamat Musuraliyev (1987) hisoblanadi.

Top