23:07 / 12.10.2015
4771

Rossiya terma jamoasi Yevro-2016 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Bugun, 12 oktabr kuni Yevro-2016 turniri uchun saralash bosqichining G guruhida 10-tur uchrashuvlari o‘tkazildi.

Rossiya terma jamoasi o‘z maydonida Chernogoriyani 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

O‘yinning 33 va 37 daqiqalarida Kuzmin va Kokorin tomonidan urilgan gollar mezbonlarga g‘alaba keltirdi.

Bu g‘alaba esa ruslarning guruhda ikkinchi o‘rin bilan Fransiyadagi chempionatga yo‘l olishini ta'minladi. Rossiya 10 turda 20 ochko to‘pladi.

Rossiya — Chernogoriya — 2:0
Gollar: Kuzmin, 33; Kokorin, 37 — pen.
Ogohlantirishlar: Rodich, 36 (Chernogoriya).

Guruhdan Avstriya yo‘llanmani muddatidan oldin hal qilgandi. Bu jamoa so‘nggi turni Lixtenshteynga qarshi o‘tkazib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Avstriyaliklar saralash bosqichida 28 ochko to‘pladi.

Avstriya – Lixtenshteyn 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 12 Arnautovich, 2:0 – 54 Yanko, 3:0 – 57 Yanko.
Ogohlantirishlar: Burgmayyer (57), Okoti (69), Polverino (90).

Oxirgi turda moldaviyaliklarni qabul qilgan shvedlar 2:0 hisobidagi g‘alabaga qaramasdan, uchinchi o‘rinni egalladi va pley-off bosqichida qatnashadigan bo‘ldi.

Shvetsiya – Moldova 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 24 Ibragimovich, 2:0 – 47 Zengin.

Top