15:06 / 12.10.2015
3275

Tailand armiyasini millatga tahdid tug‘dirishda ayblagan sobiq bosh vazir hibsga olinadi

Tailand hukumati xorijda yashirinishga ulgurgan sobiq bosh vazir Taksin Chinavatni hibsga olish to‘g‘risida order chiqardi, deya xabar bermoqda Bangkok Post.

Chinavatga nisbatan ayblov u Tailand qirollik armiyasi to‘g‘risida uydirma tarqatganidan so‘ng chiqarildi. Qayd etilishicha, Janubiy Koreya ommaviy axborot vositalaridan biriga bergan intervyusida Chinavat mamlakat qurolli kuchlari to‘g‘risida so‘zlar ekan, armiyani millat uchun xavf tug‘diruvchi “qo‘rqinchli joy” deb atagan.

Bundan avvalroq esa Taksin Chinavat amnistiya sharofati bilan Tailandga qaytishi mumkinligi to‘g‘risida xabar qilingan edi.

Top