19:22 / 12.10.2015
4526

Ukraina Rossiya bilan aviaaloqani to‘liq yopib qo‘ymoqda

Ukraina 25 oktabrdan Rosaviatsiyadan Ukraina aviakompaniyalariga Rossiya sanksiyalari bo‘yicha javob bo‘lmagani tufayli Rossiya bilan havo aloqasini to‘liq yopib qo‘ymoqda. Bu haqda Ukraina davlat aviaxizmati xabarida ma'lum qilingan.

“Bu chora barcha Rossiya aviakompaniyalariga qo‘llanadi va Rossiya aviatsion mutassadilari tomonidan Ukraina aviakompaniyalariga kiritilgan taqiqlovlar bekor qilingunga qadar amalda bo‘ladi. Rossiya tomonidan taqiqlov bekor qilingandan keyin sanktsion ro‘yxatga tushmagan Rossiya aviakompaniyalari Ukrainaga parvoz qila oladilar”, deyiladi xabarda.

Ukrainaning sanktsion ro‘yxatiga Rossiyaning “Aeroflot”, “Transaero”, “Uralskiye avialinii”, “Sibir”, “Rossiya”, “Orenburgskiye avialinii”, “Yamal”, “Red Wings”, “VIM-Avia”, “Gazpromavia” va boshqa aviakompaniyalari kiritilgan.

Top