17:09 / 12.10.2015
3259

Yurgen Klopp: «Liverpul»ni «Borussiya» yulduzlari bilan to‘ldirmoqchi emasman

«Liverpul» jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp o‘zining yangi ish joyiga avvalgi ish joyi bo‘lmish Dortmundning "Borussiya" jamoasidan sobiq shogirdlarini olib kelishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

"Men Dortmundagi futbolchilarni Angliyaga olib kelish haqida mutlaqo o‘ylayotganim yo‘q. Men hatto rahbariyat qishki transferlarga qancha mablag‘ ajratishi bo‘yicha ham qiziqib ko‘rganim yo‘q.

Hozir oktabr va men qishgacha o‘tkaziladigan o‘yinlar haqida o‘ylashim kerak. Qishgcha hali juda ko‘p o‘yinlar turibdi. Biz bu o‘yinlar o‘tib bo‘lgachgina, qaysi chiziqqa qanday futbolchi kerakligi haqida xulosa qilishimiz mumkin bo‘ladi", deydi murabbiy.

Top