19:23 / 13.10.2015
28366

Dubay shahzodasi yana bir marta ov qilish uchun O‘zbekistonga keldi (foto)

11 oktabr kuni Dubay amirligi taxtining valiahdi bo‘lmish shahzoda Hamdan bin Muhammad al Maktum O‘zbekistonga kelgan.
U O‘zbekistonga safari chog‘ida olingan suratlarni Instagram`dagi sahifasiga joylashtirgan.

Bu suratlar orqali shahzoda ov qilish maqsadida O‘zbekistonga kelganini bilish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2014 yilning sentabr oyida ham ushbu shahzoda otasi, BAA vitse-prezidenti, Dubay amiri Muhammad bin Rashid al-Maktum bilan birgalikda O‘zbekistonga ov qilish maqsadida kelgandi.

Qayd etilishicha, lochin bilan ov qilish shahzodaning eng sevimli mashg‘ulotlaridan biri hisoblanadi.

Top