21:17 / 13.10.2015
3617

Italiya bosh vaziri qonunga xilof ravishda pul sarflashda gumon qilinmoqda

Italiyaning Florentsiya shahri sudi Italiya bosh vaziri Matteo Rentsiga nisbatan uni qonunga xilof ravishda pul sarflashda gumon qilib tergov o‘tkazmoqda, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Tergov talqiniga ko‘ra, Rentsi Florentsiya meri bo‘lib ishlaganda restoranlarda ovqatlangani uchun shahar g‘aznasi mablag‘lari hisobidan pul to‘lagan.

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Rentsi mer bo‘lib ishlagan paytida restorandagi to‘lovlar uchun 600 ming yevroga yaqin pulni sarflab yuborgan.

Top