07:00 / 13.10.2015
3950

Jyeyms Kemeron “Avatar” filmi motivlari asosida komikslar chiqarmoqchi

“Terminator”, “Titanik”, “Avatar” kabi mashhur filmlar rejissyori Jyeyms Kemeron o‘zi suratga olgan “Avatar” filmi syujyetlariga asoslangan komikslar seriyasini chiqarishini e'lon qildi. Rejissyorning aytishicha, bu komikslar o‘quvchilarga filmdagi Pandorra sayyorasi dunyosiga chuqurroq kirishga imkon beradigan yangi voqealar bo‘ladi.

“Avatar” komikslari Kemeron va Dark Horse Comics nashriyotining 10 yilga mo‘ljallangan birgalikdagi loyihasi hisoblanadi. Ushbu nashriyot avvalroq Kemeronning “Terminator”, “Begonalar” va “Tubsizlik” filmlari asosida komikslar chiqargan.

Hozirda Kemeron kino tarixidagi eng kassabop film bo‘lgan “Avatar” filmining birdaniga uchta sikvelini suratga olish ishlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Birinchi sikvel 2017 yilda ekranlarga chiqadi va rejissyor har keyingi yillarda yiliga bittadan sikvel chiqarishni rejalashtirgan. Bundan tashqari, yozuvchi Stiven Guld “Avatar” afsonasining bir qismi bo‘ladigan to‘rtta roman ustida ish olib bormoqda.   

Ma'lumot uchun, Kemeronning so‘nggi ijod mahsuli bo‘lgan “Avatar” filmi 2009 yilda ekranlarga chiqarilgan hamda prokatda 2,8 mlrd dollar yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan.

Top