22:32 / 13.10.2015
9388

KUN.UZ dayjesti: 13 oktabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 13 oktabr kuni ro‘y bergan eng qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Shvetsiyada soqol qo‘ygan erkaklar klubi a'zolari IShID terrorchilari deb yanglish qabul qilindi>>

Shvetsiyada soqol qo‘ygan shvedlar klubi a'zolari qora bayroq bilan suratga tushayotgan paytda voqea joyiga politsiya tashrif buyurdi. Huquq-tartibot muassasalari xodimlarini derazasi tagida terrorchilar yig‘ilayotganini ta'kidlagan mahalliy vakil chaqirtirgan. Bu haqda The Local nashri xabar bermoqda. 

O‘lik deb hisoblangan hind tekshirish uchun yorilishiga bir daqiqa qolganda hushiga keldi>>

Hindistonning Mumbay shahrida yashovchi 45 yoshli erkak shifokor xato tarzda uni o‘lik deb topgandan keyin tanasini tekshirish uchun yorilishiga bir daqiqa qolganda hushiga keldi, deb yozmoqda The Daily Mail nashri.

OAV: Sony Deniyel Kreygdan “jim bo‘lish”ni talab qildi>>

Sony kompaniyasi vakillari Deniyel Kreygdan “jim bo‘lish”ni talab qildi, deb xabar qiladi Page Six portali.

Klinton o‘zini garajda terilgan robot deb atadi>>

AQSh prezidentligiga nomzod Hillari Klinton jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida hazillashishga qaror qildi. BuzzFeed nashrining yozishicha, undan nega hech qachon terlamasligi so‘ralganida, xonim aslida inson emas, robotligini ta'kidlagan.

Peskovning qizi: otamning Navka bilan to‘yi aslida bo‘lmagan edi>>

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning qizi Yelizaveta jurnalist Kseniya Sobchakka bergan intervyusida otasining Tatyana Navka bilan to‘yi bo‘lmaganini xabar qildi.

Shveytsariyaliklar avtopilot va dronga ega sportkar yaratishdi>>

Shveytsariyaning Rinspeed kompaniyasi Etos nomli yangi avtomobil prototipini ishlab chiqdi. Kompaniya gibrid sportkar deb atayotgan kontsept 2016 yil yanvarda Las-Vegasda CES iste'molchilik elektronikasi ko‘rgazmasida namoyish qilinadi.   

AQShlik fermer 893 kg og‘irlikdagi ulkan qovoq yetishtirib, 12 ming dollar yutib oldi>>

AQShda har yili o‘tkaziladigan tanlovda eng yirik qovoq aniqlandi. Bu tanlovda Oregon shtatidan kelgan fermer g‘olib bo‘ldi, u yetishtirgan mahsulot vazni 893,1 kg tosh bosdi va unga 12 ming dollar miqdoridagi mukofot berildi.

Amerikalik ayol sud orqali qo‘lini sindirgan 12 yoshli jiyanidan 127 ming dollar talab qilmoqda>>

Manxettenda istiqomat qiluvchi ayol nogohon bilagining sinishiga sabab bo‘lgan jiyanidan 127 ming dollar talab qilmoqda, deya yozdi Daily News.

Vitaliy Klichko “sosiska” emasligini isbotladi>>

Sobiq bokschi, Kiyev shahri hokimi Vitaliy Klichko “sosiska” emasligini isbotladi, deb xabar beradi RIA “Novosti-Ukraina” agentligi.

Klinton xonim Kane Uestga hukumatda lavozim va'da qildi>>

AQSh prezidentligiga nomzodlardan biri Hillari Klinton saylovlarda g‘alaba qozonsa, reper Kane Uestga hukumatda ish taklif qilishini bildirdi. Bu haqda NME resursi xabar bermoqda.

«Formula-1» poygachisi Lyuis Hemilton Putinga qarata shampan vinosi sepdi>>

Buyuk britaniyalik avtopoygachi Lyuis Hemilton Rossiyaning Sochi shahrida bo‘lib o‘tgan «Formula-1» poygalarining navbatdagi bosqichidagi g‘alabadan keyingi taqdirlash marosimida shampan vinosi ko‘piklarini Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qarata sepdi, deb yozadi spletnik.ru internet-nashri. 

Amerikalik juftlik Chikagodagi yugurish marafoni davomida turmush qurishdi>>

Amerikalik ayol Stefani Reynxart shahar kengashi binosida turmush qurishni istagandi. Uning eri Mark Yokel esa oilasi va do‘stlari bilan ulkan tadbir orqali o‘z to‘yini o‘tkazishni xohlagandi.

Dubay shahzodasi yana bir marta ov qilish uchun O‘zbekistonga keldi (foto)>>

11 oktabr kuni Dubay amirligi taxtining valiahdi bo‘lmish shahzoda Hamdam bin Muhammad al Maktum O‘zbekistonga kelgan.

Top