09:18 / 13.10.2015
4344

KXDR hukmron partiyasi yubileyida delfinlar shousi namoyish etildi

KXDR Koreya mehnat partiyasining 70 yilligini nishonlashda davom etar ekan, harbiy paraddan so‘ng delfinlar ishtirokida shouni namoyish etdi. Bu haqda Sky News xabar berdi.

Tashrif buyurganlar shouni tik oyoqda tomosha qilishdi, eng yaxshi joylarni esa Shimoliy Koreya xalqaro ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun ajratib berdi.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, delfinariya uchun arena qurilishini KXDR yetakchisi Kim Chen Inning shaxsan o‘zi nazorat qilib turdi. Delfinlar chiqishidan so‘ng Pxenyan aholisi keng miqyosli mushakbozlikka guvoh bo‘lishd.

Eslatib o‘tamiz, 10 oktabr kuni Shimoliy Koreya poytaxti Pxenyan shahridagi Kim Ir Sen maydonida Koreya Mehnat partiyasi tashkil topganiga 70 yil to‘lishi munosabati bilan harbiy parad bo‘lib o‘tdi. Tribunada paradni mamlakat rahbari Kim Chen In, davlat mulozimlari, shuningdek, Xitoy Kommunistik partiyasining siyosiy byurosi faxriy a'zosi Lyu Yunshan birgalikda kuzatib bordi.

Top