20:45 / 13.10.2015
4185

Oq uy Malayziyaga tegishli Boeing samolyoti donbasslik ayirmachilar tomonidan urib tushirilgan deb hisoblashda davom etmoqda

Niderlandiya tomonidan Ukraina hududida falokatga uchragan Malayziya fuqarolik aviatsiyasiga tegishli Boeing samolyoti tergov natijalari haqida hisobot chop etilganiga qaramasdan, AQSh samolyot ayirmachilar tomonidan nazorat qilingan Donbass hududidan urib tushirilgan deb hisoblashda davom etmoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

Shu bilan birga Oq uyda tergov barcha xalqaro standartlarga muvofiq olib borilgani tan olinmoqda.

Avvalroq samolyotning falokatga uchrashini tergov qilish komissiyasi raisi Tyibb Yostra raketa uchirilgan joyni aniq o‘rnatish uchun qo‘shimcha sud ekspertizasi o‘tkazilishi lozimligini aytgan edi. Qayd etilishicha, raketa 340 kvadrat kilometrlik maydonga ega hududdan uchirilgan bo‘lishi mumkin.

Top