17:22 / 13.10.2015
3093

O‘zbekistonda bir qator infeksion kasalliklarga chalinish kamaydi

12 oktabr kuni O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “Aholining sanitar-epidemiologik farovonligini ta'minlashning qonuniy tizimi, to‘plangan tajriba va ustuvor vazifalar” mavzuidagi matbuot anjumani tashkil etildi. Unda vazirliklar, idoralar respublika sanitariya-epidemiologiya xizmati vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda sohada mamlakatda olib borilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi. Xususan, oxirgi yillarda infeksion xastaliklarga chalinish foizining sezirlarli darajada pasayishi qo‘lga kiritilgan ijobiy yutuqlar qatorida esga olib o‘tildi.

Top