Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning qizi Yelizaveta jurnalist Kseniya Sobchakka bergan intervyusida otasining Tatyana Navka bilan to‘yi bo‘lmaganini xabar qildi.
“Peskovning Navka bilan nikohi qayd qilinganida o‘sha yerdamiding?”, - deb qiziqib ko‘rdi Sobchak. “To‘y bo‘lmadiku. Men yo‘q edim, lekin hamma gapirayotgan to‘y rasman bo‘lmaganini bilaman”, - javob berdi 17 yoshli Yelizaveta Peskova.
Yelizavetaning ta'kidlashicha, Sochida o‘tgan bazmda olingan suratlar qalbakidir.
To‘y 1 avgust kuni o‘tkazilgani xabar qilingan edi. Voqea Rossiya matbuotida keng yoritilgan edi.