11:51 / 13.10.2015
4213

Pokistonda tuproq o‘pirilishidan bir oilaning 13 a'zosi vafot etdi

13 oktabrga o‘tar kechasi Pokiston janubidagi Karachi shahrida tuproq o‘pirilishi oqibatida 13 kishi hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar berdi Sinxua agentligi.

Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, hodisa mahalliy vaqt bilan 02.00 da sodir bo‘lgan. Tuproq uyumi shaharning shimoliy qismidagi xarob mahalla hududiga tiklangan uchta chodirni bosib qolgan.

Ayni paytgacha qutqaruv xizmati xodimlari va mahalliy aholi tuproq ostidan 13 jasadni chiqarib oldi, ularning yetti nafari bolalar, uch nafari ayollardir. Qutqaruvchilar qidiruv ishlarini davom ettirmoqda.

Mahalliy hukumat vakillari so‘zlariga qaraganda, halok bo‘lganlarning barchasi bir oila a'zolari bo‘lib, tabiiy ofat ro‘y bergan joyga uch kun avval o‘rnashgan.

Top