08:32 / 13.10.2015
5983

Qozog‘istonda yangi avtomobillar narxi 2 ming dollarga arzonlashi mumkin

Qozog‘iston investitsiyalar va rivojlanish vazirligi yangi avtomobillar narxini tushirishga xizmat qiladigan yangi qonun loyihasi muhokamadan o‘tayotganini ma'lum qildi. Ekspertlarning va'da qilishicha, qozog‘istonliklar mashina xaridida 2 ming dollar tejab qolishi mumkin.

Yangi loyihada bojxona to‘lovining o‘rniga avtomobilni ro‘yxatga olish uchun birlamchi yig‘im joriy qilish tavsiya etiladi.

Bunga sabab sifatida mamlakatning Butunjahon savdo tashkilotiga a'zo bo‘lishi hamda uning standartlariga moslashishi ko‘rsatilmoqda.

Top