08:28 / 13.10.2015
4123

Turkmanistonda 5,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Turkmanistonda 12 oktabr kuni kechasi 5,3 ball kuchga ega zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Yevroosiyo-O‘rta yer dengizi seysmologiya markazi ma'lum qilgan.

Ushbu zilzila markazi mamlakat poytaxti Ashxobod shahridan 144 km shimoli-g‘arbda joylashgan. Zilzila o‘chog‘i 6 km chuqurlikda bo‘lgan.

Zilzila talofatlari haqida aniq ma'lumotlar berilmadi.

Top