08:55 / 13.10.2015
6413

Ukraina Mudofaa vazirligi: Rossiya samolyotlari Suriyaga kontrabanda tashimoqda

Ukraina razvedkasiga Rossiya harbiy aviatsiyasi uchuvchilari o‘z xizmat vakolatlarini suiiste'mol qilayotganlari ma'lum bo‘ldi.

Suriyada Rossiyaning “Xmeymim” aviabazasiga kelayotgan harbiy samolyotlar bortida sotish uchun kontrabanda mahsulotlari va spirtchli ichimliklar olib kelinmoqda, deb ta'kidlamoqda Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka bosh boshqarmasi.  

Rossiya Suriyada o‘zining kontingentini oshirmoqda: oxirgi ikki kun ichida An-124, Il-76 va Tu-154B-2 transport samolyotlari “Xmeymim” aerodromiga 5 ta reysni amalga oshirdi, deyilmoqda Ukraina razvedka xizmati xabarida.

Ukraina razvedkasining ta'kidlashicha, shu aerodromdan Su-34, Su-24M va Su-25 samolyotlari 64 ta parvozni amalga oshirib, Aleppo, Damashq, Idlib, Lataqiya, Rakka va Xama viloyatlaridagi asosan Suriya hukumatiga muxolif bo‘lgan va aksariyati IShIDga  aloqador bo‘lmagan qurolli tuzilmalarning obektlariga zarba bergan.

Top