14:27 / 14.10.2015
3845

AQShda qurol-yarog‘ do‘koni yaralangan politsiyachilarga 6 mln dollar to‘laydi

AQShning Viskonsin shtatida joylashgan Badger Guns qurol-yarog‘ do‘koni egalari ushbu muassasadan xarid qilingan quroldan og‘ir yaralangan ikki politsiyachiga 6 mln dollar tovon to‘laydigan bo‘ldi. Bu haqdagi hukm Miluoki shahri hakamlar jyurisi tomonidan chiqarildi.

Da'vo arizasini ko‘rib chiqqan hakamlar zobit Brayan Norberg va uning sobiq hamkasbi Grem Kunichning talabalarini bir ovozdan qonuniy deb topdi. 2009 yili ular yo‘l harakati qoidalarini buzgan shaxsni qo‘lga olish chog‘ida og‘ir yaralangan edi. Ulardan biri bir umrga oqsoq bo‘lib qoldi, ikkinchisining esa ko‘zlari ko‘rmay qoldi va huquq-tartibot organlaridan ketishga majbur bo‘ldi.

Top