11:02 / 14.10.2015
3418

Canon PowerShot G9 X ixcham fotoapparatini e'lon qildi

Fotografiyaning paydo bo‘lishi, boshqa sohalardagi o‘rni va ahamiyatini qo‘ya turayligu, oddiy odam uchun qanchalar muhim xodisa bo‘lganini barcha yaxshi biladi. Fotolarda o‘tmishimizning goh shirin, goh achchiq xotiralari muxrlanadi. Uning hayotimizdagi ahamiyati shu qadar oshdi-ki, fotokameralar har bir xonadonga kirib, kundalik jihozga aylandi. Chunki bugung aksar xonadonlarda oilaviy suratlar uchun alohida fotoapparat mavjud. Shu nuqtai nazardan Canon brendining navbatdagi yangiligi barcha uchun qiziq va foydali bo‘lishi mumkin.

Canon kompaniyasi joriy yilning noyabrida sotuvga chiqariladigan PowerShot G9 X ixcham fotokamerasi haqida ma'lum qildi. Yangilikda 1 dyuymli (13,2 × 8,8 mm) 20 mln ta'sirchan pikseldan iborat KMOP-matritsa BSI-CMOS qo‘llanilgan. Rasmlar guldastasi DIGIC 6 protsessorida qayta ishlanadi. Yorug‘lik sezgirligi o‘lchami ISO 125–12800, surat olishda fotoapparat obektivining ochiq turish vaqti 1/2000 dan 30 sekundgacha.

Fotoapparat 5472 × 3648li kamera bilan soniyasiga 6 tagacha surat olish imkoniga ega. Videomateriallar 1920 × 1080 (60p, 30p), 1280 × 720 (30p) yoki 640 × 480 (30p) hajmda tasvirga tushiriladi va materiallar SD/SDHC/SDXC xotira kartasida saqlanadi.

PowerShot G9 X modelida 3 karra optik transfokator obektiv va fokus masofasi 28-84 mmga teng 35 millimetrlik tasmali kamera qo‘llanilgan. Yozib olish displeyi dioganal bo‘yicha 3 dyuym.

Yanglikda Wi-Fi 802.11b/g/n simsiz aloqa adapteri va modul NFC bor. Shuningdek, fotografiya muxlislari USB 2.0 port va HDMI interfeysdan foydalanishlari mumkin.

Fotohavaskorlar uchun apparatning o‘lchami, og‘irligi masalasi ham qiziq. Ayniqsa, sayru sayohatlar chog‘ida har bir gramm hisobda turadi. PowerShot G9 X ixcham modelning umumi o‘lchami 98 × 58 × 31 mm, og‘irligi quvvat olish manbai bilan bor yo‘g‘i 210 grammni tashkil etgan.

Barcha imkoniyatlar haqida bilib olingandan so‘ng, hamma eng kerakli ma'lumotni kutishi tabiiy. Bu, albatta, apparatning narx-navosi. Taxminlarga ko‘ra, Canon PowerShot G9 X 530 AQSh dollarida sotilishi mumkin.

Top