18:36 / 14.10.2015
4399

DM: Muhojirlarni Londondan Manchesterga 50 ming yevrolik limuzinlarda tashilmoqda

Muhojirlar Londondan Manchesterga 50 ming yevro turadigan limuzinlarda eltishmoqda, deya xabar berdi Daily Mail.

Yetti nafar afrikalik Londondagi Xitrou aeroporti yaqinidagi qishloqdan 16 o‘rindiqli avtomobilda yangi uyiga olib borildi. Mahalliy aholi muhojirlarni “bu joyni tranzit lageriga aylantirishda” ayblab shikoyat qilishni boshlaganidan so‘ng Ichki ishlar vazirligi shunday qarorga keldi.

Longford grafligida yashovchi ayol esa buni “soliq to‘lovchilarning katta miqdordagi pulini sarflash”, deb atadi.

“Menda muhojirlar sababli muammolar yo‘q. O‘zim bu yerga Shvetsiyadan kelganman, biroq ular bu yerda judayam ko‘p”, - dedi Rana Saif.

Ko‘pchilik mahalliy aholi garchi o‘zlarini risoladagidek tutsalar ham, erkaklarning katta guruhi ularni qo‘rqitayotgani aytishgan. Ular so‘ziga ko‘ra, qishloqning bir joyiga 100 nafar qochqin to‘planishgan.

Xabar qilinishicha, muhojirlar boshpana olgunlariga qadar mehmonxonalarda yashab turishadi.

Top