07:32 / 14.10.2015
6796

Eron Suriyadagi jangarilarga qarshi quruqlikdagi harbiy harakatlarni boshladi

Suriya armiyasi Eron va "Hizbulloh" tashkilotlari hamkorligida Halabdagi jangarilarga qarshi keng miqyosli hujumga o‘tishga tayyorlanmoqda. Bu haqda o‘z manbasiga asoslangan holda Reyter xabar bergan.

Shuningdek, Hama provinsiyasidagi jangarilarning bazalari ham qamal etilishi rejalashtirilgan.

Xabarlarda aytilishicha va mahalliy hukumatning tasdiqlashicha, Eron bu harakatlarda Bashar Asadni qo‘llab-quvvatlash uchun ming askar jo‘natgan.

"Hizbulloh" tashkilotining yaxshi tayyorgarlikdan o‘tgan askarlari ham bu hujumlarda ishtirok etishi aytilgan.

Hujumlar yaqin vaqt ichida boshlanishi kutilmoqda.

Top