20:57 / 14.10.2015
4784

Yevro-2016 saralashi bosqichining ramziy terma jamoasi tuzildi

UYeFA Yevro-2016 yo‘llanmalari uchun o‘tkazilgan saralash turnirining ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi. 

Bu tarkibdan o‘z terma jamoasi bilan guruhda birinchi o‘rinni egallagan belgiyalik Tibo Kurtua, Angliya terma jamoasi bilan barcha 10ta o‘yinda g‘alaba qozongan Gari Kexill, Italiya terma jamoasining mag‘lubiyatsiz seriyasiga o‘z hissasini qo‘shgan Matteo Darmian, Uelsning Yevropa chempionatiga chiqishida asosiy ishni bajargan Garet Beyl, 13ta gol bilan turnir to‘purari bo‘lgan Robert Levandovski hamda undan keyin ikkinchi bo‘lgan Tomas Myuller kabi futbolchilar qayd etilishgan.

Darvozabon - Tibo Kurtua (Belgiya);
Himoyachilar - Rezvan Rats (Ruminiya), Gari Kexill (Angliya), Eshli Uilyams (Uels), Matteo Darmian (Italiya);
Yarim himoyachilar - David Alaba (Avstriya), Stiven Devis (Shimoliy Irlandiya), Gilfi Sigurdsson (Islandiya);
Hujumchilar - Garet Beyl (Uels), Robert Levandovski (Polsha), Tomas Myuller (Germaniya).
Zaxira - Chiprian Teterushanu (Ruminiya), Jordi Alba (Ispaniya), Kamil Glik (Polsha), Marek Gamshik (Slovakiya), Ivan Perishich (Xorvatiya), Kevin de Bryuyne (Belgiya), Dzyuba (Rossiya).

Top