09:14 / 14.10.2015
3444

Futbolchi Jibril Sisse Valbuena ishi bo‘yicha hibsdan ozod etildi

Frantsuz futbolchisi Jibril Sisse seshanba kuni qamoqdan ozod etildi. Bu haqda Fransiya prokuraturasi xabar bermoqda.

Kun boshida politsiya uni Fransiya terma jamoasining boshqa bir o‘yinchisi Mate Valbuenaga tamagirlik qilishda ayblanib qo‘lga olgandi.

Sisse bilan birga ismi oshkor etilmagan yana uch kishi qamoqqa olingan edi. Ularning to‘rtovloni ham Valbuenaning boyligiga tahdid qilish yuzasidan so‘roq qilindi.

Tergovning ilk bosqichida Sissega qarshi hech bir dalil isbot topilmadi. Qolgan uch nafar hibsga olinganlarga qarshi ham muhim iddaolar yo‘q edi. Shuning uchun ularning barchasi hibsdan ozod etildi.

Top