11:35 / 14.10.2015
2681

Italiya terma jamoasi 2006 yildan beri saralash bahslarida mag‘lubiyatga uchramay kelmoqda

Italiya terma jamoasi 13 oktabr kuni Yevro-2016 saralashining guruh bosqichlaridagi 10-turni Norvegiyaga qarshi o‘tkazib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Bu orqali terma jamoa Yevropa va jahon chempionatlari uchun saralash o‘yinlarida ketma-ket 50 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz natijani qayd etdi va rekord o‘rnatdi.

Qayd etish kerakki, italiyaliklar Yevro-2016 turnirida ishtirok etish yo‘llanmasi uchun kurashni "N" guruhida olib borishdi va 10ta o‘yindan 7tasida g‘alaba qozonib, 3 marta durang o‘ynashdi. To‘plar nisbati ko‘rinishi 16-7 bo‘ldi.

"Moviya gvardiyachilar" oxirgi marta saralash bosqichi doirasida Yevro-2008 uchun 2006 yilning 6 sentabrida mag‘lubiyat qayd etishgandi.

Top