21:34 / 14.10.2015
7209

KUN.UZ dayjesti: 14 oktabr, O‘zbekiston xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga yurtimizga oid bo‘lgan, 14 oktabr kuni ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

O‘zbekistonda hafta oxirida harorat keskin pasayadi>>

Meteorologlar joriy hafta oxirida O‘zbekistonda havo harorati pasayishini prognoz qilishmoqda.

Pokiston bosh vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi>>

2015 yil noyabrida O‘zbekistonga O‘zbekistonga Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi Furqat Sodiqov Pokiston Senatining tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi Nuzhat Sodig‘iy bilan uchrashuv chog‘ida ma'lum qildi.

Qamchiq dovonida videokuzatuv tizimini montaj qilish ishlari boshlandi>>

O‘zbekistonda muhim strategik tarmoq – Qamchiq dovonida xavfsizlikni oshirish bo‘yicha loyihani amalga oshirish ishlari boshlandi, deya xabar qildi Sputnik FVVdagi axborot manbasiga asoslangan holda.

Rasmiy Toshkent yana bir marta Tojikiston va Qirg‘izistonda yirik GES qurilishiga qarshi chiqdi>>

O‘zbekiston Milanda yana bir marta Tojikiston (Rog‘un GES) va Qirg‘iziston (Qambarota GES)da ulkan to‘g‘onlar qurilishiga qarshi chiqdi. Bu haqda 12news.uz internet nashri xabar qildi.

"O‘zbektelekom" provayderlar uchun internet xizmatlari narxini yana bir marta pasaytirdi>>

«O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi 2015 yilning 9 oktabridan O‘zbekiston provayderlari uchun tashqi kanal internet-xizmatlari tariflarini 1 Mbit/s uchun 199,68 dollargacha pasaytirganini e'lon qildi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar bergan.

Farg‘onada oktabr oyida birinchi marta gilos undi>>

Farg‘ona vodiysining O‘zbekiston qismida gilos unib chiqqani qayd qilindi. Oktyabr oyi uchun bu kutilmagan holat bo‘ldi.

O‘zbekiston suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarishda mintaqada yetakchi bo‘ldi>>

O‘zbekiston sug‘oriladigan maydonlarda suv resurslarini boshqarishning barcha yangi usullarini joriy etgan holda suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarishda mintaqada yetakchi bo‘ldi.

Poyezd chiptalari internet orqali sotilishi boshlandi>>

«O‘zbekiston temir yo‘llari» poyezdlarining mamlakat ichidagi va xalqaro reyslarga (MDH mamlakatlari) chiptalarini 12 oktabrdan boshlab eticket.uzrailway.uz sayti orqali xarid qilish mumkin.

«O‘zavtosanoat» AK tasdiqlanmagan axborot manbalariga ishonmaslikka chaqirdi>>

«O‘zavtosanoat» AK axborot xizmati milliy ommaviy axborot vositalariga murojaat qilib, «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatiga oid axborotlarni tekshirilmagan axborot manbalaridan olmaslikka chaqirdi.

Dildora Niyozova qiz farzandli bo‘ldi (foto)>>

9 oktabr kuni Xonanda Dildora Niyozova qiz farzand ko‘rdi, deya xabar bermoqda «Sayyod.com» blogeri.

O‘zbekiston temir yo‘l kompaniyasi sobiq aviasozlik zavodining asosiy aksiyadoriga aylandi>>

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Toshkent mexanika zavodining (sobiq aviasozlik korxonasi) asosiy aksiyadoriga aylandi. Bu haqda kompaniyaning matbuot xabarnomasida aytildi.

15 yil ichida O‘zbekiston iqtisodiyotining energiya sig‘imi 55 foizga kamaydi>>

Avval xabar qilganimizdek, Abdusamatov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi 2015 yilning 12-13 oktabr kunlari Milan shahrida (Italiya) bo‘lib o‘tadigan Atrof muhit va suv resurslari bo‘yicha yuqori darajadagi “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” beshinchi konferensiyasida ishtirok etdi.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Toshkent-Lahor reysini ochadi>>

2016 yilda “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aksiyadorlik kompaniyasi Toshkent-Lahor reysini ochishi mumkin. Bu haqda O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi Furqat Sodiqov Pokiston Senatining tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi Nuzhat Sodig‘iy bilan uchrashuv chog‘ida ma'lum qildi.

O‘zbekiston fuqarosi “Tvitter” orqali IShID qo‘lidan qutqarilishini so‘ramoqda>>

8 oktabr kuni O‘zbekiston fuqarosi “Tvitter” orqali bir necha marotaba IShID qo‘lidan qutqarishlarini so‘rab murojaat qildi. O‘zining ma'lum qilishicha, yigit hamyurtlari tomonidan aldov yo‘llari orqali IShID jangarilariga sotib yuborilgan va agarda hech kim yordamga kelmasa, uni o‘ldirib yuborishadi.

Top