09:04 / 14.10.2015
6387

Le Point: Rossiya-G‘arb: 1-0

Rossiya Suriyada amalga oshirayotgan harbiy operatsiya G‘arb davlatlari koalitsiyasining aviazarbalaridan ko‘ra ancha kuchli samara bermoqda, deb tan oladi Fransiyaning Le Point nashri.

“Ayni paytda bu borada hisob Rossiya foydasiga 1-0”, - deb hisoblaydi nashr. Shu bilan birga, Suriya hududida bo‘layotgan o‘yin axiyri Rossiya va AQSh o‘rtasidagi jiddiy qarama-qarshilikka aylanishi mumkin.
Koalitsiya samolyotlari yiliga 2 500 parvozni amalga oshirganiga qaramay, jurnalistning fikricha, aniq razvedka ma'lumotlariga ega bo‘lmagan, shu bois faqatgina IShIDning aniq-tayin bazalariga zarba bergan. Rossiya esa Suriya razvedkasining ma'lumotlaridan foydalanmoqda.

Rossiya amalda Suriyaning shimoli-g‘arbiy havo hududlaridan koalitsiya, Isroil va Turkiya samolyotlarini siqib chiqardi. Shu bois 7 oktabr kuni Pentagon Rossiya bilan tasodifiy to‘qnashuvlarning oldini olish uchun AQSh samolyotlarining yo‘nalishi o‘zgartirilganini ma'lum qildi.

Top