21:00 / 14.10.2015
3014

Manba: Yevropa Ittifoqi sammitida Turkiyaning YeIga kirishi muhokama qilinmaydi

15-16 oktabrda Bryusselda bo‘lib o‘tadigan Yevropa Ittifoqi sammiti kun tartibiga Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirishini tezlashtirish masalasi kiritilmagan. Ushbu masala yuzasidan muzokaralar oddiy tartibda davom etmoqda. Anqara tomonidan ham ushbu jarayonni tezlashtirish bo‘yicha talablar bildirilmagan, deb aytdi Berlindagi hukumat manbasi.

“Men hozirda keyin bosqichga o‘tish masalasi turgani, Turkiya bunday talabni bildirayotganini tasdiqlay olmayman. Bizda Turkiya nimani istayotgani haqida aniq tushunchaning o‘zi yo‘q”, deb aytdi manba.

Manbaning aytishicha, “Turkiyaning YeIga kirishi bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda”. “Yaqin orada keyingi bosqichga o‘tilishi mumkin, bu muzokaralar jarayoni migratsiya inqiroziga qaramasdan olib borilmoqda va o‘z navbati bilan hal qilinadi”, deb qo‘shimcha qildi manba.

Anqara YeIga kirish uchun 1987 yildayoq ariza bergan, unga kirish bo‘yicha muzokaralar esa 2005 yilda boshlangan.

Top