17:50 / 14.10.2015
3883

Messi ismi yozilgan futbolkalar dunyo bo‘ylab eng xaridorgirligi ma'lum bo‘ldi

2015 yilning 1 iyulidan 30 sentabriga qadar «Barselona» jamoasining argentinalik futbolchisi Lionel Messining futbolkalari eng ko‘p miqdorda sotilgan.

O‘z navbatida «Real Madrid» jamoasining portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu ismi tushirilgan futbolkalar bu borada ikkinchi o‘rinni egallagan, uchinchi pog‘onadan «Manchester Yunayted»ning yangi a'zosi Memfis Depay (Niderlandiya) futbolkalari o‘rin olgan.

Quyida eng ko‘p sotilgan futbolkalar o‘nligi bilan tanishish mumkin:

1. Lionel Messi («Barselona»)

2. Krishtianu Ronaldu («Real Madrid»)

3. Memfis Depay («Manchester Yunayted»)

4. Bastian Shvaynshtayger («Manchester Yunayted»)

5. Eden Azar («Chelsi»)

6. Ueyn Runi («Manchester Yunayted»)

7. Neymar («Barselona»)

8. Serxio Aguero («Manchester Siti»)

9. Aleksis Sanches («Arsenal»)

10. Felippe Koutino («Liverpul»).

Top