08:28 / 14.10.2015
2918

Niderlandiya terma jamoasi so‘nggi 30 yilda ilk marta Yevropa chempionatidan qolib ketdi

Niderlandiya terma jamoasi 2016 yil Fransiya maydonlarida bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmadi.

Niderlandiyaliklar A guruhida to‘rtinchi o‘rinda qolib ketishdi va hatto pley offda ishtirok etish huquqidan ham mahrum bo‘lishdi. Shu tariqa 1984 yildan buyon ilk marta Yevropa chempionati Niderlandiya terma jamoasisiz o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, niderlandiyaliklar Yevropa chempionati saralashining so‘nggi bahsida o‘z maydonida Chexiyaga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

Top