08:37 / 14.10.2015
3221

OAV: Isroil hukumati Quddusning arab kvartallarini o‘rab olishga qaror qildi

Isroil hukumati 13 oktabrda Quddusning aksariyati aholisi arablar bo‘lgan sharqiy tumanlarini o‘rab olishga qaror qildi. Bu haqda AFP axborot agentligi ma'lum qildi. Isroil Xavfsizlik masalalari bo‘yicha idorasi shaharning ba'zi hududlarida kommendantlik soatini kiritishga ruxsat berdi.   

Iordan daryosining G‘arbiy sohili va Sharqiy Quddusdagi vaziyat oxirgi ikki hafta ichida keskin taranglashdi. Ekstremistlarning harakatlari oqibatida bir necha nafar isroillik va falastinlik halok bo‘ldi. Quddus tashqarisidagi arab tumanlari hamda Iordan daryosining G‘arbiy sohilidagi bir qator yirik shaharlarda falastinliklar va Isroil armiyasi kuchlari bilan to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi. G‘azo sektoridan Isroil tomon raketalar uchirildi, Isroil harbiy-havo kuchlari esa G‘azo sektoridagi nishonlarga zarba berdi.

Top