16:23 / 14.10.2015
4045

OAV: MH17 halokati haqidagi hisobot asosiy savollarni javobsiz qoldirdi

AQSh matbuotida kecha Niderlandiyada Malayziyaning Ukraina osmonida urib tushirilgan Boeing-777 samolyotining halokati taftishi natijalariga ko‘ra e'lon qilingan hisobot yuzasidan bir qancha materiallar e'lon qilindi.

The Washington Post nashri hisobot asosiy savolga javob bermaganini ta'kidladi. Ya'ni unda voqeada kim aybdorligi ochiq aytilmagan. Shu bois masala, muallifning fikricha, “yanada qorong‘ulashdi”.

The Wall Street Journal gazetasi Malayziya transport vaziri so‘zlarini keltiradi. U fojia aybdorlarini jazolash uchun mustaqil xalqaro sud tashkil etish zarurligini ta'kidlab o‘tdi.
“Bizning adolat yo‘lidagi kurashimiz hali yakunidan yiroq”, - deb ta'kidladi u.
Malayziya bosh vaziri Najib Tun Razoq ham aybdorlarni jazolashga chaqirdi, deb yozadi USA Today nashri.

AQSh milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Ned Prays, uning fikriga qo‘shilishiga qaramay, Niderlandiyada tayyorlangan hisobot bu yo‘ldagi muhim qadam bo‘lganini e'tirof etdi.
“Hisobot bizga ushbu mudhish fojia va uning ta'sirini eslatib turadi”, - xulosa qildi u.

Top