15:48 / 14.10.2015
10628

«O‘zavtosanoat» AK tasdiqlanmagan axborot manbalariga ishonmaslikka chaqirdi

«O‘zavtosanoat» AK axborot xizmati milliy ommaviy axborot vositalariga murojaat qilib, «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatiga oid axborotlarni tekshirilmagan axborot manbalaridan olmaslikka chaqirdi.

«Bu kabi ishonchsiz xabarlar kompaniya imijiga zarar yetkazishidan tashqari, fuqarolarni alohida shaxslarning spekulyativ qiziqishlari foydasiga chalg‘itadi», - deyiladi axborot xizmati xabarida.

Kompaniya o‘z korxonalari faoliyati to‘g‘risidagi barcha aniq va to‘g‘ri ma'lumotlarni «O‘zavtosanoat» AKning axborot xizmati yoki rasmiy www.uzavtosanoat.uz va www.chevrolet.uz saytlari orqali olish mumkinligini yana bir marta yodga oldi.

Eslatib o‘tamiz, «O‘zavtosanoat» AK ga mutlaqo aloqador bo‘lmagan «Gm-uzbekistan.com» sayti 2016 yildan boshlab Spark, Captiva va Malibu avtomobillarini ishlab chiqarish to‘xtatilishi, ularning o‘rnini Sonic, Tracker va Impala modellari egallashi haqida xabar bergandi. Shundan so‘ng turli internet nashrlari ushbu saytga tayangan holda ma'lumotni tarqatishni boshlagan edi.

Top