10:46 / 14.10.2015
13267

O‘zbek olimlari no‘xat yetishtirishning yangi usulini taklif qilishdi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti olimlari no‘xat yetishtirishning yangi usulini taklif qilishdi. Bu haqda O‘zbekiston Intellektual mulk agentligi xabar berdi.

Taklif qishloq xo‘jaligi va biotexnologiyalar, aynan, urug‘larning unib chiqishini oshirish, urug‘ hosildorligini, sho‘rlangan tuproq sharoitlarida no‘xat yashil biomassasini oshirish uchun, shuningdek, no‘xatni zamburug‘li kasalliklardan himoyalashda foydalanish uchun mo‘ljallangan. Uning vazifasi biogumus va ikki Mesorhizobium ciceri-4 va Pseudomonas chlororaphis-66 mikroorganizmlar shtammlari asosidagi "Psevdorizobin" preparatini qo‘llab no‘xat o‘stirishning yangi usulini ishlab chiqishdan iborat.

Mualliflar ushbu usulga patent olish uchun talabnoma topshirdilar.

Top