08:44 / 14.10.2015
18232

O‘zbekiston fuqarosi “Tvitter” orqali IShID qo‘lidan qutqarilishini so‘ramoqda

8 oktabr kuni O‘zbekiston fuqarosi “Tvitter” orqali bir necha marotaba IShID qo‘lidan qutqarishlarini so‘rab murojaat qildi. O‘zining ma'lum qilishicha, yigit hamyurtlari tomonidan aldov yo‘llari orqali IShID jangarilariga sotib yuborilgan va agarda hech kim yordamga kelmasa, uni o‘ldirib yuborishadi.

Central Asia Online ma'lumotlariga ko‘ra, 8 oktabr kuni Jaloliddin Qodirov ismli “Tvitter” foydalanuvchisidan 14ta xabar qoldirilgan. U @yordamberilar akkaunti orqali tvitterchilardan yordam so‘ragan.

Ularda yigit aldov yo‘llari orqali Turkiyaning Xatay shahriga olib kelingani aytilgan. Bu yerda Islom ismli hamyurti uni IShID jangarilariga sotib yuborgan. Terroristlar uni Suriyadagi urushga borishdan bosh tortgani uchun hibsda saqlamoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki marta qochib ketishga harakat qilgan, biroq tutib olib, kaltaklashgan.

O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasining xabar qilishicha, Turkiya hukumati bilan bog‘lanib, Qodirovni topish va uning tarixi qanchalik haqqoniy ekanligini o‘rganish so‘ralgan.

Top