17:40 / 14.10.2015
4226

«O‘zbekiston ne'matlari» pochta markalari turkumi muomalaga kiritildi

«O‘zbekiston pochtasi» AJ tomonidan tayyorlangan «O‘zbekiston ne'matlari» turkumining maxsus pochta markalari O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2015 yil 9 oktabrdan muomalaga kiritildi. Bu haqda «O‘zbekiston pochtasi» matbuot xizmati xabar bermoqda.

Turkum 2ta pochta markasidan iborat. Pochta markalarida O‘zbekistonning yaxshi va qulay tabiiy-iqlim sharoitida o‘sadigan mevalar tasvirlangan. Mevalarning nomlari lotin tilida berilgan.

Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Ularning perforatsiyasi taroqsimon, qog‘ozi esa oq silliq. 40x40 mm o‘lchamidagi pochta markalari 10 ming adadda ishlab chiqarilgan.

Markalar rassom A.Kim tomonidan chizilgan va dizayner Ye.Kanevets tomonidan tayyorlangan. Behi surati tushirilgan Cydonia oblonga deb nomlangan marka 1500 so‘m, anor surati tasvirlangan Punica granatum deb nomlangan markaning qiymati esa 1800 so‘mga teng.

Top