17:21 / 14.10.2015
2876

Pokistonda portlash yuz berishi natijasida 7 nafar kishi halok bo‘ldi

Pokiston parlamentariyasi ofisida yuz bergan portlash tufayli 7 kishi halok bo‘lib, 13 kishi jarohatlandi. Bu haqda Express Tribune nashri xabar bergan.

Ma'lum qilinishicha, bu portlash mamlakatning amaldagi bosh vaziri Navoz Sharif rahbarlik qiladigan Pokiston musulmon ligasi tarkibidagi parlamentariy ofisida bomba portlagan va yong‘in kelib chiqqan.

Panjob viloyatidagi Darag‘ozixon shahridagi Liganing bu bo‘limiga Sardor Amjod Farrux Xon Husiy rahbarlik qiladi. U hodisa natijasida jabrlanmagan, u bu vaqtda voqea joyida bo‘lmagan.

"7 kishi halok bo‘ldi, turli darajadagi tan jarohatlari olgan 13 kishi Tauns shahridagi shifoxonaga olib borildi", deb ma'lum qilgan mahalliy politsiya boshlig‘i Xon G‘ulom Mubassir Makon.

Ayni vaqtda voqea joyida o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar ish olib borishmoqda.

Bu terakt uchun javobgarlikni "Tolibon"ning Pokistondagi bo‘limi o‘z zimmasiga olgan.

Shu yilning avgustida ham 2 nafar xudkush-terrorchi orqali amalga oshirilgan terakt natijasida Panjob viloyati ichki ishlar vaziri Shuja Xonzoda va 18 kishi halok bo‘lgandi. Bu terakt o‘nlab kishilar ishtirokidagi yig‘ilish vaqtida sodir etilgandi.

Top