17:03 / 14.10.2015
10752

Qirg‘izistonda besh oylik qizaloq ochlik sababli olamdan o‘tdi

Qirg‘izistonning Issiq-Ko‘l tumanida 5 oylik qiz ochlikdan vafot etdi. Bu haqda Turmush huquqni muhofaza qilish organlari ma'lumotiga asoslanib xabar berdi.
Xabar qilinishicha, hodisa 2015 yilning 6 sentabr kuni sodir bo‘lgan.

Toktogul tumani fuqarosi hisoblangan 28 yoshli A.Nasipkan 5 oylik qizi E.Alimani Issiq-ko‘l tumanida yashovchi Guljan ismli ayolga topshirib, Turkiyaga ishlash uchun ketadi. Ikki oy davomida A.Nasipkan Guljanga 15 ming som miqdorida pul jo‘natib turadi.
6 sentabr kuni Alima xushdan ketadi. Uyga yetib kelgan  xodimlari uning olamdan o‘tganini qayd etishadi.
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining aniqlashicha, bolaning oshqozoni bo‘sh bo‘lgan. Sud-tibbiyot ekspertizasining yakuniy xulosalari yaqin vaqtlar ichida e'lon qilinadi.

Guljanning so‘zlariga ko‘ra, u qizchani har uch soatda maxsus bolalar ozuqasini berib turgan. “Vaqti kelmagani sababli uni ovqatlantirmagan edim. Uning yuragida shovqin borligidan bexabar edim. Agarda bilganimda, nima bo‘lganda ham uning yig‘lashiga yo‘l qo‘ymas edim”, - dedi u.

Qizning onasi farzandi olamdan o‘tgani haqida xabar topishi bilan vataniga qaytib kelib, uning dafn marosimida ishtirok etgan va yana ortga – Turkiyaga qaytib ketgan. U Guljanga nisbatan hech qanday da'vo talab qilmagan.

Top