18:28 / 14.10.2015
5514

Qodirov: IShIDga qo‘shilgan ko‘pchilik chechenistonliklar yo‘q qilindi

IShID terroristik guruhi safiga qo‘shilgan ko‘pchilik chechenistonliklar yo‘q qilindi, deya ma'lum qildi Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov.

Uning qayd etishicha, hukumat ko‘plab yoshlarga Suriyadan o‘zining osuda hayotiga qaytishiga ko‘mak ko‘rsatdi. Ortga qaytganlar terrorizm g‘oyasiga qarshi kurash bo‘yicha yoshlar bilan ishlashga jalb etilmoqda.

“IShIDga qo‘shilganlarning ko‘pchiligi yo‘q qilindi. Bu ular respublikaga qaytib, aybsiz odamlar qonini to‘kmasliklari uchun amalga oshirildi”, - deya hukumat rasmiy sayti Checheniston rahbari so‘zlaridan iqtibos keltirdi.

Qodirovning ta'kidlashicha, yoshlarning jinoiy to‘dalarga qo‘shilib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun islomiy oliy ma'lumotga ega dinshunoslar kunu tun ish olib bormoqda.

Top