08:05 / 14.10.2015
3694

Reuters axborot agentligi Suriya armiyasining Halab uchun jangga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma'lum qildi

Suriya prezidenti Bashar Asad Eron va “Hizbulloh” tashkiloti yordamida Halab shahrini jangarilardan ozod qilish uchun harbiy operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb xabar bermoqda mahalliy hokimiyatga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.

Mansabdorlarning aytishicha, jang yaqin orada boshlanadi va Xama viloyatida jangarilarga qarshi operatsiyaning bir qismi bo‘ladi.

“Bu hududdagi jangovor harakatlarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish o‘z-o‘zidan tushunarlidir. Suriya armiyasi kuchlari katta miqyosda safarbar qilinmoqda, bu yerga Bashar Asadni qo‘llab-quvvatlash uchun “Hizbulloh”ning oldi jangchilari va minglab eronlik harbiylar yetib kelgan”, deb aytmoqda manba.

Top