18:41 / 14.10.2015
11405

Rossiya AQShdan IShID jangarilaridagi Toyota avtomobillari qayerdan kelganiga izoh talab qilmoqda

Rossiya AQShni Rossiya qanotli raketalari to‘g‘risida “ertak aytmasdan”, IShID jangarilari qo‘liga Toyota pikaplari qayerdan tushayotgani masalasi bilan shug‘ullanishga chaqirmoqda. Bu haqda RIA “Novosti” Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova ma'lumotiga asoslanib xabar berdi.

“Raketalar qulashiga izoh berayotgan noma'lum axborot manbalari IShIDchilar Toyota yo‘ltanlamaslarini qayerdan olishayotganini tushunib yetishmaydi”, - dedi Zaxarova.
Avvalroq Amerika amaldorlari terroristlar tarqatayotgan videoroliklarda ko‘zga tashlanuvchi ko‘p miqdordagi Toyota yo‘ltanlamaslari jangarilar qo‘liga qayerdan tushib qolayotgani masalasiga oydinlik kiritishga urinayotgani to‘g‘risida xabar qilingan edi.

Top