18:52 / 14.10.2015
3479

Rossiyaning VTB banki qovurilgan kartoshka ishlab chiqarish uchun 70 mln yevro kredit ajratdi

Rossiyaning VTB banki «Belaya dacha» kompaniyalar guruhiga Lipetsk viloyati hududida qovurilgan kartoshka (fri) mahsulotlarini ishlab chiqarishi uchun €70 mln miqdorida kredit mablag‘lari ajratdi. Bu haqda TASS «Rossiya zovet!» investitsion forumidagi taqdimotda jarayonidagi ma'lumotlarga tayanib xabar tarqatdi.

«Belaya dacha» korxonasining asoschilaridan biri Viktor Semenovning so‘zlariga ko‘ra, loyihaning umumiy qiymati €120 mln.ni tashkil qiladi. Shuningdek u korxona xorijlik hamkorlar bilan ham ish olib borishni rejalashtirayotganini ta'kidlab o‘tgan.

Qovurilgan kartoshka mahsulotlarini ishlab chiqarish 2017 yilning ikkinchi choragidan boshlanishi ko‘zda tutilgan.

Top