17:04 / 14.10.2015
2959

«Sport-Ekspress»: Yevro-2016 yo‘llanmasi evaziga Slutskiyga 1 mln yevrolik mukofot berilgani haqidagi xabarlar rost emas

Futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Leonid Slutskiy Yevro-2016 final bosqichiga yo‘llanma olgani uchun 1 million yevro miqdorida mablag‘ni bonus sifatida olishi haqidagi xabarlar inkor etildi.

«Sport-Ekspress» nashrining yozishicha, oldinroq shu mazmunda yozilgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

44 yoshli mutaxassisning mukofot puli ko‘rib chiqiladi, biroq asosan terma jamoa tizimida faoliyat olib borayotgan barchani mukofot bo‘yicha masala birinchi o‘rinda ko‘rib chiqiladi. Rahbariyatdan tortib shifokor va massajchilargacha mukofotlanishadi.

Slutskiyni alohida mukofot bilan taqdirlash bo‘lmaydi. Uning mukofot puli million yevrodan ancha farq qiladigan miqdorda bo‘ladi.

Top