17:27 / 14.10.2015
2866

«Transaero»ning Almati-Moskva yo‘nalishidagi reysi qarzdorlik tufayli bekor qilindi

Qozog‘istonning Almati shahridan Moskvaga mahalliy vaqt bilan 6.30 (Toshkent vaqti bilan 5.30)da uchishi kerak bo‘lgan «Transaero» samolyoti parvozi 18:20 (17:20 tv)ga qoldirildi. Yana bir 18:20da (17:20 tv) parvoz qilishi kerak bo‘lgan reys esa bekor qilindi, deb yozadi RIA «Novosti» agentligi.

«Transaero» kompaniyasi bu o‘zgarishlarga tashkilotning qarzdorligi sabab bo‘lganini ta'kidlab o‘tgan. Qarz miqdori borasida hech qanday ma'lumotlar berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq «Transaero» 15 oktabrdagi 61ta reysni bekor qilgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Top