10:32 / 14.10.2015
2619

Velotrek. O‘zbekiston vakillari Osiyo Kubogining birinchi bosqichida 7ta medal olishdi

9-11 oktabr kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida velotrek bo‘yicha kattalar va o‘smirlar o‘rtasida Osiyo kubogining birinchi bosqich musobaqalari o‘tkazildi. Qit'aning ko‘plab yetakchi velosportchilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan musobaqalarda O‘zbekiston sportchilari 3ta kumush va 4ta bronza medaliga sazovor bo‘lishdi. 

Jumladan, kattalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan musobaqalarda Roman Shukurov 4 km. masofaga shaxsiy hisobdagi poygada kumush medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Timur Gumerov, Vadim Shayxov, Ruslan Fedorov va Sergey Medvedevdan iborat sportchilar jamoaviy poygada marraga ikkinchi bo‘lib yetib kelishdi. Vadim Shayxov bronza medali sohibi bo‘ldi.

O‘smir-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalarda Andrey Izmaylov 3 km. masofaga o‘tkazilgan poygada kumush medal bilan taqdirlandi. Dilmurodjon Siddiqov, Renata Baymetova skretch va keyrinda uchinchi o‘rinni egallashdi.

O‘zbekiston termasi bugun vatanga qaytib kelishadi.

Top