11:03 / 14.10.2015
4004

Xorazmda mashina ichidan 8 mln so‘m o‘g‘irlab ketildi

Xorazm viloyatining Gurlan tumanida mashina ichidan 8 mln so‘m o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Aytilishicha, tumanda istiqomat qiluvchi Sohibjon ismli erkak Matiz rusumli mashinasini tunda do‘kon yonida qoldirib ketgan. Ishini bitirib chiqsa, mashina salonidagi 8 mln so‘m o‘g‘irlab ketilgan ekan.

Ichki ishlar idoralari tomonidan o‘z vaqtida olib borilgan tadbirlar natijasida mazkur jinoyat tez orada fosh etilib, jinoyatchi fosh etildi. Pullar egasiga qaytarildi.

Namanganda soxta pul ishlab chiqaruvchi guruh qo‘lga olindi
Namanganda soxta pul ishlab chiqaruvchi guruh qo‘lga olindi. Bu haqda “Ogoh” nashri yozmoqda.
Aytilishicha, Namangan viloyatining Norin tumanida Akbar ismli shaxs qalbaki pul ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.

Pullarni sotish va tarqatish ishini esa tanishlari Tolibjon va Odilga topshirgan.
Ular nomi keltirilmagan fuqaroga 1.25 mln so‘mlik qalbaki kupyuralarni o‘tkazayotgan paytlarida qo‘lga olindi.

Top