08:08 / 14.10.2015
2217

Xorvatiya Yevro-2016 turnirida ishtirok etuvchilar safiga qo‘shildi

13 oktabr oqshomida Yevro-2016 turniri uchun saralash o‘yinlari doirasida "N" guruhida ham o‘yinlar yakunlandi.

10-turda Xorvatiya terma jamoasi Malta maydoniga safar qildi va 1:0 hisobidagi g‘alaba evaziga o‘z guruhida 2-o‘rinni egallab, Fransiyaga borish huquqiga ega bo‘ldi.
Norvegiya esa 10-turda Italiyadan 1:2 hisobida yengilib, 3 o‘rinda qoldi. Endi bu jamoa pley-off o‘yinlarida ishtirok etadi.
Guruhda muddatidan oldin yo‘llanmani hal qilgan Italiya terma jamoasi saralash davomida 24 ochko to‘pladi. Xorvatlar 21 ochko bilan ikkinchi, norveglar esa 19 ochko bilan uchinchi bo‘lishdi.

"N" guruhi

Malta – Xorvatiya 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 25 Perishich. 
Malta – Xogg, AJius, Borg, Tserafa, Kristensen, Muskat, Feylla, Briffa (Fenech, 79), Shembri (Koen, 90), Effiong (Mifsud, 75), Muskat.
Xorvatiya – Subashich, Chorluka, Pivarich, Srna, Vida, Kovachich, Badel, Rakitich (Brozovich, 78), Perishich, Pyatsa (Olich, 83), Kalinich (Kramarich, 60).


Italiya – Norvegiya 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 23 Tetti, 1:1 – 73 Florentsi, 2:1 – 82 Pelle. 
Italiya – Buffon, Bonuchchi, Kellini, De Shilo, Bardzali (Kandreva, 72), Soriano, Florentsi, Montolivo (Bertolachchi, 68), Darmian, Pelle, Eder (Jovinko, 62).
Norvegiya – Nyuland, Forren, Xovland, Aleesami, Elabdellaui, Shelbred (Samuelsen, 51), Tetti, Yuxansen, Xenriksen, Berget (Berisha, 78), Toft-Soderlund (King, 60).

 

Bolgariya – Ozarbayjon 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 20 Aleksandrov, 2:0 – 56 Rangelov.
Bolgariya – Mitrev, Aleksandrov, Milanov, Minev, Ivanov, Zlatinski, Dyakov, Aleksandrov (Slavchev, 80), Popov (Xristov, 66), Milanov, Rangelov (Nedelev, 88).
Ozarbayjon– Agayev, Medvedev (Dashdemirov, 62), Abyshov, Sadygov, Garayev (Paskual, 81), Ismailov, Mirzabekov, Amirguliyev, Gurbanov, Jyeferov (Erat, 67), Nazarov.

Top