12:18 / 14.10.2015
3990

Yagona portalda yangi xizmat ishga tushdi

Yagona portalda O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining yangi xizmati ishga tushirildi.

Xizmat Toshkent shahrida ko‘p qavatli turar-joy shaklidagi ko‘chmas mulk bilan bog‘liq harakatlarni (oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, garovga qo‘yish, ijaraga berish va h.k.) amalga oshirish uchun ma'lumotnoma olishga ariza yuborish imkonini beradi.

Xizmatdan foydalanish natijasi tegishli ma'lumotnomani taqdim etish hisoblanadi. Ma'lumotnoma berish imkoni bo‘lmagan taqdirda bir ish kuni mobaynida murojaat etuvchiga ma'lumotnoma berilmaslik sabablari ko‘rsatilgan javob xati yuboriladi.

Top