10:05 / 14.10.2015
2521

Yaponiya va Eron investitsion kelishuv imzolaydi

Yaponiya tashqi ishlar vaziri Fumio Kisida Eronga tashrif buyurib, prezident Hasan Ruhoniy bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv chog‘ida investitsiyalar bo‘yicha kelishuv masalasi muhokama qilindi, deb xabar beradi Yaponiya MID matbuot xizmati.

“Vazir Kisida Yaponiya Eron bilan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi. Aloqalar iqtiosodiyot, siyosat, madaniyat singari sohalarda rivojlantiriladi”, - deyiladi xabarnomada.
Bundan tashqari, Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif bilan uchrashuv chog‘ida Yaponiya-Eron hamkorligi bo‘yicha kengash tuzish haqida kelishuvga erishilgani ma'lum qilindi.

Shuningdek, eng yaqin muddatda Yaponiya tashqi ishlar vaziri Sindzo Abening Eronga tashrif buyurishi haqida suhbat olib borildi.

Top